Toshkentda “Qoʻyliq” bozori yaqinida yoʻlni toʻsib qoʻyganlar qoʻlga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qoʻyliq” bozori yaqinida olomon yoʻlni qanday toʻsib qoʻygani aks etgan video tarqaldi. Ulardan baʼzilari javobgarlikka tortildi, deb xabar berdi Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea 9-dekabr kuni “Qoʻyliq” bozori yopilishi va koʻchirilishi haqidagi xabarlardan soʻng sodir boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan besh nafar shaxsga nisbatan 195-modda (Ichki ishlar organlari xodimlarining oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish) va 201-moddalari (yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar oʻtkazish tartibini buzish) bilan 5-7 sutkaga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring