Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqichiga start berildi
Qizlar oʻrtasida tashkil etilgan musobaqada bugun yakkalik dasturidagi bellashuvlar oʻtkazilmoqda.
Unda Oʻzbekiston terma jamoasi safida Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari chempionlari Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera, shuningdek, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati sovrindori Nargiza Jaksibayeva kabi taniqli sportchilar medallar uchun kurash olib borishmoqda.
Musobaqada 8 mamlakatdan 50 nafar sportchi qatnashyapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring