Toshkentda qariyb 800 million soʻmlik sifatsiz tamaki va alkogol savdosi toʻxtatib qolindi
Toshkent shahridagi doʻkondan yirik miqdordagi aksiz markasiz tamaki va alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Yakkasaroy tumanida faoliyat yurituvchi “B.C.” MCHJ xorijiy korxonasi savdo doʻkoni sotuvchisi fuqaro U.M. va boshqalar umumiy bahosi 799,8 million soʻmlik 5 ming 224 quti aksiz markasiz tamaki hamda 177 dona alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring