Toshkentda pirotexnika vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi
Foto: Illustrativ surat
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman boʻlimi tomonidan, IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “B.-S.” MCHJ direktori oʻrinbosari D.K. ushbu MCHJga qarashli savdo doʻkoni omborxonasida 31 turdagi 1 586 dona jami 330 mln soʻmlik nomli pirotexnika buyumlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligini aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring