Toshkentda pirotexnika vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Shayxontohur tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar X.X. va Z.X. 1 dona «Volk» va 1 dona «S Novыm Godom-8» nomli pirotexnika vositasini xaridor B.S.ga 650 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, X.X.ning Sergeli tumani, Sergeli-7 mavzesidagi xonadoni koʻzdan kechirilganda, ushbu xonadonda jami 65 dona xorijda ishlab chiqarilgan 26,3 mln soʻmlik pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring