Toshkentda oʻsmir 5-qavatdan tushib ketib, vafot etdi

19:25 06 Avgust 2024 Jamiyat
859 0

Toshkentda 15 yoshli oʻsmir yashash xonadonining derazasidan tushib ketib, vafot etdi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Bildirilishicha, joriy yilning 4-avgust kuni Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi 2009-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan X. S. yashash xonadonining 5-qavat derazasidan oʻz ehtiyotsizligi oqibatida yerga tushib ketgan. U tez yordam mashinasida RShTYIMga olib kelingan va tibbiy yordam koʻrsatilgan. Ammo muolajalarga qaramasdan oʻsmir vafot etgan.

Marhum 2-guruh nogironi boʻlganligi, shuningdek, aqli zaifligi sababli ruhiy asab kasallar dispanserida roʻyxatda turganligi maʼlum boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер