Toshkentda “Matiz” dahshatli tarzda YTHga uchradi

19:22 19 Iyun 2024 Jamiyat
476 0

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB

Toshkent shahri Shayxontohur tumanidaMatizrusumli transport vositasi yoʻl oʻrtasidagi beton ustunga borib urildi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 19-iyun kuni soat 16:30 larda Toshkent shahar Shayxontohur tumani Ibn Sino koʻchasida sodir boʻlgan. 2005-yilda tugʻilgan Р.Ж.Matizrusumli avtomashinani boshqarib kelayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻl oʻrtasidagi beton ustunga borib urilgan.

YTH oqibatida Matiz haydovchisi tan jarohat olib shifoxonaga olib ketilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidaNexia-1” rusumli transport vositasi toʻxtab turgan yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida bir kishi halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida bogʻcha tarbiyalanuvchilarini olib ketayotganNexia-3” mashinasi YTHga uchragani va ikki nafar voyaga yetmagan bola jabrlangani va holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani maʼlum qilingandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер