Toshkentda maktab o‘quvchisi o‘g‘irlikka qo‘l urdi

16:58 22 Iyun 2018 Jamiyat
1713 0
Иллюстратив фото

20 iyun kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida maktab o‘quvchisi o‘g‘irlikka qo‘l urdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, tumanda yashovchi 18-sonli o‘rta maktabning 9-sinf o‘quvchisi B.S. shu tumanda yashovchi O.D. ismli ayolning uyiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, xonasidan pullari va zargarlik buyumlarini hamda bank plastik kartochkalari bo‘lgan ayollar hamyonini o‘g‘irlab ketgan.

Ushbu holat yuzasidan B.S. qo‘lga olinib, unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер