Toshkentda maktab oʻquvchisi “Cobalt” rusumli avtomashinada halokatga uchradi
8-dekabr kuni soat taxminan 22:00 larda ikkita avtomobil toʻqnashuvi sodir boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Shayxontoxur tumanida litsenziyasiz “Cobalt” rusumli avtomashinani boshqarayotgan oʻsmir qarama-qarshi chiziqqa chiqib ketib, 33 yoshli fuqaro boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashina bilan toʻqnashib ketgan.
Toʻqnashuvdan soʻng “Cobalt” avtomobili harakatlanishda davom etib, daraxtga borib urilgan va yonib ketgan.
Voqea joyiga yetib kelgan oʻt oʻchiruvchilar tomonidan yongʻin oʻchirildi. Toʻqnashuv natijasida ikkala haydovchi ham tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Ularning ahvoli qoniqarli, deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring