Toshkentda lift ichida qulflanib qolgan bola qutqarildi

16:02 01 Aprel 2025 Jamiyat
128 0

Toshkent shahrida lift ichida qulflanib qolgan bola qutqarib olindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, kecha, 31-mart kuni soat 22:55 da Yunusobod tumani 8-dahasida joylashgan koʻp qavatli uylarning biridagi lift qulflanib qolgani, uni ichida bir nafar bola qolib ketgani toʻgʻrisida 112 tizimi orqali FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga asosan tuman FVB qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan. Maxsus asbob-anjomlar yordamida lift ochilib, bola qutqarilgan hamda ota-onasiga sogʻ-omon topshirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер