Toshkentda “Lacetti” toʻliq yonib ketdi
Foto: Toshkent shahar YHXB
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida “Lacetti” rusumli transport vositasi yonib ketdi. Bu haqda poytaxt IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 12-noyabr kuni soat 08:40 larda Shayxontohur tumani Alisher Navoiy koʻchasi 2-uy qarshisida sodir boʻlgan. Hodisa tufayli “Lacetti” rusumli transport vositasi batamom yonib ketgan.
Yongʻin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Taʼkidlanishicha, voqea oqibatida tan jarohat olganlar boʻlmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring