Toshkentda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixona aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “M.F.” MCHJ rahbari К.А. MCHJ dorixonasida fuqaro Э.Х.га 30 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptsiz 210 ming soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 1 320 dona “Karbamazepin” 80 dona “Tebantin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring