Toshkentda kuchli shamol sabab Tracker ustiga daraxt quladi
Foto: Ekologiya boshqarmasi
Toshkent shahar Yashnobod tumanida kuchli shamol sabab daraxt Tracker ustiga quladi. Bu haqda poytaxt Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Manbaga koʻra, Yashnobod tumani, Aviasozlar 2 mavzesi, Barkamol MFY 8-uy oldida tabiiy omillar, yaʼni kuchli shamol esishi natijasida, bir dona zarang daraxti ildiz qismidan qoʻporilib tushgan.
Ushbu holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasining Yashnobod tumani inspektorlari tomonidan oʻrganilganda, jabrlanganlar yoʻqligi, daraxt qoʻporilishi Tracker rusumli avtomashinasiga zarar yetkazgani aniqlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring