Toshkentda “Konstitutsiyaviy oʻzgarishlar — olimlar nigohida” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini boshladi

15:49 27 Fevral 2023 Jamiyat
448 0

Toshkent davlat yuridik universitetida “Konstitutsiyaviy oʻzgarishlar — olimlar nigohida” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini boshladi. 

Mazkur konferensiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlashga masʼul boʻlgan — Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitalari tomonidan oʻtkazilmoqda.

Unda “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar konstitutsiyaviy huquq sohasining olimlari va yosh tadqiqotchilar ishtirokida muhokama qilinmoqda.

Taʼkidlanganidek, masʼul qoʻmitalar tomonidan yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi ustida ish olib borishda asosiy eʼtibor avvalambor, umumxalq muhokamasi, jamoatchilik, parlament aʼzolari, xalqaro va xorijiy ekspertlar ishtirokidagi muhokamalarda berilgan takliflar har tomonlama tahlil qilinib, ularning dolzarblari loyihada aks ettirildi.

Kelib tushgan har bir taklif uning xalqchilligi, aholi uchun ortiqcha byurokratiya keltirib chiqarmasligi, “Inson qadri uchun” degan tamoyilga mos kelishi, Konstitutsiyaning boshqa normalariga, olib borilayotgan siyosatimizga, belgilab olgan strategiyamizga hamda xalqaro huquq normalariga zid kelmasligi, oʻzbek davlatchiligining tarixiy taraqqiyotiga, buyuk ajdodlarimizning madaniy merosiga va milliy qadriyatlarimizga putur yetkazmasligi kabi mezonlar asosida chuqur tahlil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер