Toshkentda xorijlik shaxs 6,3 kg “marixuana” bilan ushlandi

16:50 13 Aprel 2026 Jamiyat
106 0

Toshkent aeroportida 6,3 kg “marixuana”ni olib kirishga uringan xorijiy yoʻlovchi toʻxtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tailandning Bangkok shahridan uchib kelgan xorijiy yoʻlovchilardan biriga tegishli qoʻl yuki va bagajlari bojxona nazoratidan oʻtkazilgan. Natijada yuklar orasida turli qadoqlar ichida 12 dona polietilen oʻramlar yashirilgani aniqlangan.

Belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ushbu oʻramlar ochib koʻrilganida, ularning ichidagi yashil rangdagi oʻtkir hidli modda Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga koʻra, 6,3 kilogrammdan ziyod ogʻirlikdagi quritilgan “marixuana” ekanligi maʼlum boʻlgan. Mazkur modda esa Oʻzbekistonda muomalasi taqiqlangan giyohvandlik vositasi hisoblanadi.

Bildirilishicha, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер