Toshkentda xodimlarga daydi topishni buyurgan IIB amaldori ishdan olindi
Videodan kadr
Toshkent shahrida profilaktika inspektorlariga koʻchalardan daydi topish boʻyicha topshiriq bergan Olmazor tumani IIB amaldori Abror Xudoyberdiyev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu maʼlumotni bugun, 11-aprel kuni Ichki ishlar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida vazir oʻrinbosari Ramazon Ashropov eʼlon qilgan. Uning bildirishicha, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, uning natijalariga koʻra mansabdor shaxs ishdan olingan.
Ushbu IIB amaldori bir muddat avval profilaktika inspektorlariga koʻchalardan daydi topib, planni toʻldirishni buyurgan edi.
“Protokollar hamma narsadan nol boʻlib yotibdi. Hamma yoʻnalishing nol: daydi nol, maʼmuriy bayonnoma nol, maʼmuriy nazorat nol. E, bu senlar nima oʻzingdan ketib qolganmisanlar, vijdonsiz? Bittang qani daydi qilma-chi? Qarindoshingni olib borib yop, daydi qilib. Yoki oʻzing daydi boʻlasan”, degandi u.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring