Toshkentda xizmat mavqeini suiisteʼmol qilgan oʻsimliklar karantini inspektori qoʻlga olindi

14:04 13 Aprel 2026 Jamiyat
187 0

Mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy boylik orttirish maqsadida xizmat vazifalarini suiisteʼmol qilinishi davlat boshqaruvi tizimi va jamiyat ravnaqi uchun jiddiy xavfdir. Ana shunday qonunbuzilish holatlaridan biriga Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan chek qoʻyildi.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi inspektori oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, noqonuniy daromad orttirishni koʻzlagan. U 1995-yilda tugʻilgan fuqaroga tegishli boʻlgan 187 dona qadoqdagi 7 turdagi mineral oʻgʻit mahsulotlarini “Navoiy” chegara bojxona posti orqali oʻtkazib berganligi evaziga 20 million soʻm talab qilgan.

Mazkur noqonuniy harakat DXX xodimlari tomonidan Bojxona qoʻmitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fosh etildi. Inspektor soʻralgan pul mablagʻini poytaxtning Olmazor tumani hududida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan inspektorga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер