Toshkentda Keles yoʻlining bir qismi uch kunga yopildi

13:34 02 May 2020 Jamiyat
1466 0

Toshkent shahrida 1-may kuni soat 23:00dan 4-mayga qadar Keles yoʻlining Kichik halqa yoʻlidan Hasanov koʻchalari oraligʻidagi qismi vaqtincha yopildi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga koʻra, bu Olmazor tumani Keles yoʻli koʻchasida obodonlashtirish va taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi sababli amalga oshirildi.

Qayd etilishicha, shu vaqt oraligʻida ushbu yoʻnalish boʻylab harakatlanuvchi transport vositalari aylanma yoʻllar orqali yurishlari mumkin boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер