Toshkentda YPX avtomobili yonib ketdi
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
2022-yil 19-avgust kuni soat 12:20 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh koʻchasi boʻylab harakatlanib ketayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori safdor M.X. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasining dvigatel qismida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yongʻin sodir boʻlgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu yongʻin tezkorlik bilan bartaraf etilgan, yongʻin natijasida tan jarohat olganlar yoʻq.
Ushbu holat yuzasidan FVV Chilonzor tumani boʻlimi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring