Toshkentda yoʻl-patrul xizmati xodimlari “Matiz” rusumli avtomashinadan psixotrop dori vositasini aniqladi
Toshkentda YHXB xodimlari “Matiz” rusumli avtomashinadan psixotrop dori vositasini aniqladi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 11-dekabr kuni soat 21:30da Bektemir tumani hududida joylashgan “Bektemir” postida huquq-tartibot idoralari xodimlari “Matiz” rusumli avtomashinani toʻxtatgan. Koʻzdan kechirish chogʻida salonda boʻlgan ayoldan 3 dona “Tropikamid” psixotrop dori vositalari, 3 dona “Regapen” kapsulalari va 18 dona “Karbamazepina” tabletkalari topilgan.
Mazkur holat yuzasidan yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring