Toshkentda yoʻl-patrul xizmati xodimlari mast haydovchini oʻqotar qurol bilan toʻxtatdi
Foto: IIV matbuot xizmati
Toshkentda ichki ishlar xodimlari mast holatda boʻlgan “Malibu” haydovchisini qurol bilan toʻxtatdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea joriy yilning 7-yanvar kuni Toshkent shahar Yangi shahar koʻchasida sodir boʻlgan. Mast haydovchi “Malibu” rusumli avtomobilda huquq-tartibot idoralari xodimlarining talablariga boʻysunmay, qochishga uringan. Natijada militsiya xodimlari tomonidan belgilangan tartibda oʻqotar qurol qoʻllangan.
Qayd etilishicha, hodisa natijasida mashina majburan toʻxtatilgan va hech kim jabrlanmagan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring