Toshkentda yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan yigitlar jazolandi

10:20 15 Aprel 2026 Jamiyat
197 0

Toshkent shahrida yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan yigitlar javobgarlikka tortildi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Huquqbuzarlar tegishli hujjatlari boʻlmagan holda, oʻzgaga tegishli boʻlgan “Gentra” rusumli avtomobilni boshqarishgan. Mashinaga maxsus chiroqlar oʻrnatilgan, davlat raqamlari esa yechib olingan. Ushbu transport vositasi koʻchalarda harakatlanib, fuqarolar hayotini xavf ostiga qoʻygan.

Tegishli oʻrganishlardan soʻng huquq tartibot idoralari qoidabuzarlarning shaxsini aniqlashdi.

Huquqbuzarlar davlat raqamlarisiz ularni topib boʻlmaydi, deb oʻylashgan. Sud majlisida ular qilmishidan pushaymon ekanliklarini va bunday holat boshqa qaytarilmasligini taʼkidlashdi.

“Gentra”ni yigitlarga berib yuborgan fuqaro Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismi (transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxslarga boshqarishning topshirilishi) bilan BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

Uch nafar yigit esa Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topildi. Ularning biriga BHMning 3 baravari miqdorida jarima solingan boʻlsa, qolganlariga besh sutkalik maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер