Toshkentda isitish mavsumi rasman yakunlandi
Toshkent shahrida 18-martdan isitish mavsumi yakunlanmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, belgilangan meʼyorlarga koʻra, isitish mavsumi oʻrtacha sutkalik havo harorati +8°C dan yuqori boʻlgan 5 kunlik davr tugagan kunning ertasidan boshlab tugaydi.
Gidrometeorologiya markazining prognoziga koʻra, yaqin 5 kun ichida kunduzgi havo harorati +20−22°C, kechasi esa +10°C dan yuqori boʻladi. Soʻnggi hafta davomida Toshkentda kunduz kunlari havo harorati +18−19°C va undan yuqori, kechalari esa +8°C dan pastga tushmayapti.
Qayd etilishicha, ayni paytning oʻzida ham poytaxtda oʻrtacha sutkalik harorat +12−13°C dan oshgan, bu isitish mavsumini yakunlash uchun belgilangan meʼyorlarga mos keladi.
“Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2024−2025-yillardagi isitish mavsumi rasman 2025-yil 18-martda yakunlanishini maʼlum qilamiz”, deyiladi hokimlik xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring