Toshkentda ikkita “Lacetti” ishtirokida YTH sodir boʻldi
Toshkent shahri, Mirobod tumanida ikkita “Lacetti” ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 9-may kuni soat 19:30 larda Mirobod tumani Islom Karimov—Taras Shevchenko koʻchalari kesishgan chorrahada ikkita avtomashina ishtirokida YTH sodir boʻlgan. 23 yoshli Sh.I. boshqaruvida boʻlgan “Lacetti” va 50 yoshli O.N. boshqaruvida boʻlgan “Lacetti” bilan toʻqnashgan.
Aniqlik kiritilishicha, YTH oqibatida tan jarohat olganlar yoʻq. Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, kecha, 9-may kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring