Toshkentda ikkita yo‘lovchi avtobusi to‘qnashib ketdi
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrida ikkita avtobus ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 25 sentabr kuni soat 06:45 larda Yangihayot tumanida haydovchi A.Y. boshqaruvidagi “Yutong” rusumli avtobus Xonabod koʻchasidan Quruvchilar koʻchasiga burilayotganda Sh. Sh. boshqaruvidagi boshqa bir avtobus bilan toʻqnashib ketgan.
Ushbu yoʻl-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq, avtobuslar texnik shikastlangan.
Manbaga ko'ra, sodir etilgan yoʻl-transport hodisasi yuzasidan “Toshshahartransxizmat” Harakat xavfsizligini nazorat qilish boʻlimi tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi belgilangan. Ushbu YTH Toshkent shahri IIBB YHXB inspektorlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring