Toshkentda ikki nafar metro xodimi ishga mast holatda keldi
Toshkentda ishga mast holda kelgan ikki nafar metro xodimi ishdan boʻshatildi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 30-yanvar kuni tungi navbatchilik boshlanishidan oldin uch nafar metropoliten xodimi tugʻilgan kunini kafeda spirtli ichimlik ichib nishonlagan.
Shundan soʻng, stansiya navbatchisi va farrosh ayol mast holatda Toshkent metrosining “Sergeli-1” bekatida tungi navbatchilikka oʻtgan.
Qayd etilishicha, tibbiy koʻrik va guvohlar xodimlarning mastlik holatini tasdiqlagan.
Mehnat shartnomalarini qoʻpol ravishda buzgani uchun ikki nafar xodim ishdan boʻshatildi. Shuningdek, yoʻl harakati xizmatining 1-sonli stansiya katta operatoriga xodimlarning ish joyiga mast holatda kelgani, metroda harakat xavfsizligiga xavf tugʻdirayotgani haqida rahbariyatga xabar bermagani uchun tanbeh berildi, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring