Toshkentda “Hyundai Sonata” yonib ketdi

17:40 05 Avgust 2021 Jamiyat
725 0

Bugun, 5-avgust kuni soat 16:10 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Chilonzor tumani koʻchalarining birida harakatlanib ketayotgan “Xunday-Sonata” rusumli avtomobilning motor qismida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Xabarga koʻra, 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 16:16 da voqea joyiga yetib borgan va yongʻin soat 16:21da toʻliq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер