Toshkentda hafta oʻrtasida yana chang-toʻzon koʻtarilishi mumkin

19:17 19 May 2025 Jamiyat
208 0

“Oʻzgidromet” 19-23-may kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga koʻra, bugun, 19-may kuni Oʻzbekiston boʻyicha 28-33 daraja, janubda

35 darajagacha boʻlgan qulay harorat fonida ob-havo kam bulutli va quruq boʻldi. Biroq ertadan havo harorati koʻtarila boshlaydi va hafta oʻrtasida kunduz kunlari havo 35-38 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda 40-42 darajagacha isiydi.

Ish haftasining oxiriga kelib, salqin havoning yana bir qismi kirib kelishi hisobiga harorat 30-32 darajagacha pasayadi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 22-23-may kunlari ayrim joylarda baʼzida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ushbu kunlarda togʻ oldi va togʻli hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Toshkent shahrida 19-23-may kunlari havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 22-23-mayda shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер