​​​​​​​Toshkentda fuqaro itlar galasi hujumi oqibatida halok boʻlgani rad etildi

13:22 03 Mart 2025 Jamiyat
291 0

Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida keksa yoshli fuqaroga itlar galasi hujum qilib uni oʻldirgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirib, mazkur axborot haqiqatga mos emasligini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, bugun, 3-mart kuni, Qoraqamish mavzesining 2/4-kvartalida yashovchi 1966-yilda tugʻilgan L.U. vafot etgan. Oʻlim sababi — oʻtkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi.

“Tarqalayotgan mish-mishlarning aksiga oʻlaroq, hech qanday itlar hujumi sodir boʻlmagan. Shahar aholisini vahimaga tushmaslikka va notoʻgʻri maʼlumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz”, deyiladi hokimlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер