Toshkentda firibgar namanganlik tanishining behayo suratlarni tarqatish bilan tahdid qilib pul undirmoqchi boʻldi

01:38 19 Dekabr 2021 Jamiyat
1508 0

Toshkentda tanishidan behayo suratlarni tarqatmaslik uchun pul undirayotgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 14-dekabr kuni Yakkasaroy tumani IIBga Namangan viloyatida tugʻilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Qayd etilishicha, 11-dekabr kuni uning tanishi surat va videolarni tarqatmaslik uchun 5 million soʻm talab qilgan.

14-dekabr kuni Yakkasaroy tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilib, firibgar 100 AQSH dollari va 500 ming soʻm olayotgan vaqtda qoʻlga olindi.

Erkakka nisbatan 165-modda 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер