Toshkentda yer usti metro bekati yonidagi binoda sodir boʻlgan yongʻin bartaraf etildi

16:33 15 Yanvar 2024 Jamiyat
594 0

FVV axborot xizmatining maʼlumot berishicha, bugun, 15-yanvar kuni soat 14:56 da Sergeli tumani, Qanora koʻchasida joylashgan, yengil konstruksiyadan qurilgan doʻkonlarda yongʻin chiqqanligi toʻgʻrisida Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan 4 ta Yongʻin qutqaruv ekipajlari yongʻinga soat 15:01 da yetib borib, soat 15:05 da yongʻin toʻliq oʻrab olinib, soat 15:12 da batamom oʻchirildi.

Yongʻin natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yoʻq. Ayni vaqtda yongʻinning kelib chiqish sababi va zarar miqdori oʻrganilmoqda.

Shu oʻrinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etishlarini soʻrab qoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер