Toshkentda yer silkinishi sodir boʻldi.
Toshkentda mahalliy vaqt bilan soat 16:42 daqiqa oʻtganda yer silkinishi sodir boʻldi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, zilzila poytaxtda 3-3,5 ballni tashkil qilgan. Fargʻona vodiysida ham, mamlakatning janubiy hududlarida ham zilzila kuchini sezishgani xabar qilinmoqda.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, zilzil epitsentri Afgʻonistonning Hindu kush togʻli hududida sodir boʻlgan. Epitsentrdagi zilzila magnitudasi 6 ballni tashkil qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring