Toshkentda elektrosamokatlar yonib ketdi
Toshkent shahri Mirobod tumanida elektrosamokatlar yonib ketdi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 30-may kuni soat 08:03 da Mirobod tumani Islom Karimov koʻchasida joylashgan 25-uy oldida elektrosamokatlar yonayotganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 08:07 da yetib borib, 08:09 da yongʻinni toʻliq oʻchirgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring