Toshkentda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda
Joriy yilning 28-noyabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan Toshkent shahrida tezkor nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Xususan, oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida jami 84 ta isteʼmolchi elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya etilishi oʻrganilib, shundan 4 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlandi. Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan isteʼmolchilar tarmoqdan ajratildi.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring