Toshkentda daraxt shoxlari yonib, ikkita mashinaga zarar yetdi
Videodan kadr
Toshkent shahrida yigʻib qoʻyilgan shox-shabbalar yonib ketishi oqibatida ikkita avtomashinaga zarar yetdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 11-iyul kuni soat 18:06 da Chilonzor tumani Chilonzor 3-dahasidagi 1-uy oldida ochiq maydonda quruq oʻt va daraxt shoxlari yonayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 18:13 da yetib borib, 18:23 da alangani bartaraf qilgan.

Maʼlum boʻlishicha, yongʻin oqibatida ochiq maydonda quruq oʻt, daraxt toʻsinlari va shoxlari yongan. Shuningdek, “Lacetti” va “Spark” rusumli avtomashinalarning yon kuzov qismi issiqlik taʼsirida kuygan.
FVBga koʻra, hodisa tufayli hech kim jabrlanmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring