Toshkentda “Cobalt” yonib ketdi, jarohatlanganlar bor (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining koʻchalaridan birida “Cobalt” avtomobili butunlay yonib ketganligi haqida videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, kecha, 20-iyul kuni soat 22:57 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Kichik halqa yoʻli koʻchasida “Cobalt” rusumli avtomobilda yongʻin kelib chiqqan.
Mazkur holat yuzasidan yordam zarurligi toʻgʻrisida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatga asosan yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 23:05 da yetib borib, yongʻin soat 23:07 da toʻliq oʻchirilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida 4 nafar fuqaro kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring