Toshkentda BYD va “Lacetti” ishtirokida YTH sodir boʻldi
Videodan kadr
Toshkent shahri Yashnobod tumanida BYD va “Lacetti” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Poytaxt YHXB voqea yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 13-aprel kuni soat 14:30 larda Yashnobod tumani Yangi Oʻzbekiston koʻchasida yuz bergan. Unda BYD hamda “Lacetti” rusumli avtomashinalari oʻzaro toʻqnashgan.
YTH oqibatida “Lacetti”ning 2 nafar yoʻlovchisi jabrlangan, ularga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring