Toshkentda Belarus elektrobuslari sinovdan oʻtkaziladi

10:24 18 Sentyabr 2018 Jamiyat
1870 0
Foto: Aif.by

Belarusning “Belkommunmash” kompaniyasi sinovdan oʻtkazish uchun Toshkentga elektrobusni taqdim etadi. Bu haqda kompaniya vakili maʼlumotlariga tayanib, Spot xabar tarqatdi.

Avvalroq, hokimlik Toshkent shahar v.b. hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev va “Belkommunmash” bosh direktori Vladimir Korol kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan uchrashuv haqida xabar qilgan edi.

Vladimir Korolning taʼkidlashicha, elektrobus ekologik toza transport vositasi boʻlib, u 5−7 daqiqada zaryadlanadi. Elektrobus videokuzatuv tizimlari, GPS-navigatsiya va iqlim nazorati bilan jihozlangan.

“Oʻzbekiston Prezidenti uchun kichik taqdimot oʻtkazdim. Men uning muqobil energiya manbalari haqida xabardorligi va bu sohada aniq rejalar haqida oʻylashidan qoyil qoldim”, — degan “Belkommunmash” kompaniyasi rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер