Toshkentda barpo etiladigan birinchi okeanarium haqida baʼzi maʼlumotlar ochiqlandi
Arxiv surat
Toshkentdagi birinchi okeanariumni yaratish ustida ish olib borayotgan “Polin Group” kompaniyasi loyihaning baʼzi tafsilotlarini maʼlum qildi. Taʼkidlanishicha, Toshkentdagi okeanarium shaharning eng yaxshi joylaridan biriga aylanadi.
“Okeanariumning umumiy maydoni 4300 kvadrat metrni tashkil qiladi. Bu yerda 3 mingdan ortiq baliqlarni koʻrish mumkin boʻladi. Okeanariumga bir kunda 1,5 ming tomoshabin tashrif buyurishi mumkin”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Aytish kerakki, okeanarium mamlakatning milliy bogʻida quriladi. Loyiha zamonaviy madaniyat va dam olish majmuasini yaratish doirasida amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring