Toshkentda avtobuslar tezligi 50 km/soatgacha cheklanadi
Foto: “Toshshahartransxizmat”
“Toshshahartransxizmat” AJga qarashli barcha avtobuslarning maksimal tezligi maxsus dasturiy taʼminot yordamida 50 kilometr/soatga tushirilmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniya vakiliga koʻra, bundan maqsad — yoʻlovchilar xavfsizligini oshirish va koʻchalarda sodir boʻladigan baxtsiz hodisalarning oldini olishdan iborat.
Qayd etilishicha, tezligi cheklangan avtobuslarning old oynalariga “50” ogohlantiruvchi belgisi yopishtirib chiqilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring