Toshkentda avtobus yonib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida avtobus yonib ketganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, bugun, 20-iyul kuni soat 12:44 da Toshkent shahar Uchtepa tumani Birlik mavzesida avtobusda yongʻin sodir boʻlgan.
Ushbu holat yuzasidan yordam zarurligi toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga murojaat kelib tushgan. Yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 12:50 da yetib borib, yongʻin soat 12:53 da toʻliq oʻchirilgan.
Maʼlum boʻlishicha, hududdagi 18-avtosaroyga qarashli 64-raqamli avtobus yonib zararlangan. Mazkur yongʻin oqibatida jabrlanganlar aniqlanmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring