Toshkentda avtobus bekatlarini yaxshilash rejalashtirilmoqda
Foto: Illustrativ foto
Toshkent shahar hokimligining avtobus bekatlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori muhokamaga chiqarildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qaror Prezidentning “Toshkent shahri jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va undan kelib chiqadigan Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida qabul qilindi.
Aholi va mehmonlar uchun qulayliklar yaratish uchun bekatlarni standart loyiha asosida jihozlash taklif etilmoqda.
Qarorda tadbirkorlik subyektlariga elektron auksionlar oʻtkazish orqali yer uchastkalarini ijaraga berish huquqida vaqtincha foydalanishga berish toʻgʻrisidagi nizom oʻrin olgan.
2022-yil oxirigacha ishlab chiqilgan loyihalar asosida tartibga solish uchun 280 ta avtobus bekatlarini kimoshdi savdosiga qoʻyish moʻljallanmoqda.
Joriy yilning 1-sentyabrga qadar savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari joylashgan mavjud avtobus bekatlarida yoʻlovchilar, jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish choralari koʻriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring