Toshkentda aholi uchun issiqlik taʼminoti va issiq suv taʼminoti xizmatlari tarifi oshiriladi
Toshkent shahrida aholi uchun issiqlik taʼminoti va issiq suv taʼminoti xizmatlari tarifi 2023-2024-yilgi isitish mavsumi tugagandan soʻng 15 foizga oshiriladi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

Yangi tariflar 2023-2024 kuz-qish mavsumi (isitish mavsumi) rasmiy yakunlangan kundan bir kun oʻtib kuchga kiradi.
Yuridik shaxslar va byudjet tashkilotlari uchun 2023-yil 2-dekabrdan kuchga kirgan tariflar oʻzgarishsiz qoldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring