Toshkentda aholi xonadonlaridan birida yongʻin chiqdi
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan aholi xonadonida yongʻin yuz berdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 13-aprel kuni soat 13:27 da Shayxontohur tumani Koʻkcha Darvoza koʻchasida joylashgan shaxsiy xonadonda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 13:33 da yetib borib, soat 13:47 da yongʻinni qurshab olib, 13:49 da toʻliq oʻchirishga erishgan.
Qayd etilishicha, alanga oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Hozirda hodisaning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring