Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi

20:12 11 Iyun 2024 Jamiyat
506 0

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 11-iyun kuni soat 16:10 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shohkoʻchasida haydovchilar — 1995-yilda tugʻilgan B.D. boshqaruvida boʻlgan “Nexia-3” rusumli avtomashina, 1995-yilda tugʻilgan B.S. boshqaruvida boʻlgan “Lacetti” rusumli avtomashina, 1960-yilda tugʻilgan Y.K. boshqaruvida boʻlgan “King Long” rusumli avtomashina, 2003-yilda tugʻilgan M.O. boshqaruvida boʻlgan “Spark” rusumli avtomashinalar ishtirokida YTH sodir boʻlgan.

Shahar YHXBga koʻra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq. Hoʻzirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер