Toshkentda 4 mlrd soʻmni talon-toroj qilgan dorixona boshqaruvchisi aniqlandi
Foto: Illustrativ foto
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.” MCHJga qarashli dorixona boshqaruvchisi T.K. oʻziga ishonib topshirilgan MCHJga tegishli jami 4 mlrd soʻmlik dori vositalari va tibbiyot buyumlarini talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring