Toshkentda 2ta avtobus yo‘nalishi yopildi

Toshkent shahar hokimligining barcha turdagi yo‘lovchi tashish transportini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentining buyrug‘i bilan poytaxt ko‘chalarida harakatlnuvchi 7A (Toshkent vokzali – Nurafshon ko‘chasi) va 7B (Toshkent vokzali – Nurafshon ko‘chasi) avtobus yo‘nalishlari yopildi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Shuningdek, departamentining boshqa bir buyrug‘i bilan 151-sonli avtobus yo‘nalishi manzili o‘zgartirilgan. Endilikda mazkur avtobuslar «Chilonzor buyum bozori – Yunusobod 19-dahasi bekati» yo‘nalishida qatnaydi. Yo‘nalishning belgilangan ish vaqti: 6:00 - 21:00.
Bundan tashqari, Yakkasaroy tumanidagi Sh.Rustaveli va Muqimiy ko‘chalari chorrahasidagi yo‘l o‘tkazgich rekonstruksiyasi tugallangani munosabati bilan 32, 132 va 135-avtobuslarning yo‘nalish manzilari o‘zgartirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring