Toshkentda 2 yoshli bola uy ichida qulflanib qoldi
Foto: FVV
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi koʻp kvartirali uyning xonadonlaridan birida 2 yoshli bola uy ichida qulflanib qoldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 2-iyun kuni soat 18:31 da Toshkent shahar FVB navbatchi-dispetcherlik xizmatiga Yakkasaroy tumanida 2 yoshli bola uyda yolgʻiz qulflanib qolgani, bu ham yetmagandek, xonadon oshxonasidagi gaz plitasi ham yoniq qolgani boʻyicha xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan xabar qilingan joyga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus asbob-anjomlar yordamida uy eshigini ochib, ichkarida qolgan bola ota-onasiga sogʻ-salomat topshirilgan.
“Oʻz navbatida, barcha ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz va yolgʻiz qoldirmaslikni soʻrab qolamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring