Toshkentda 17 yoshli bola bedarak yoʻqoldi
2004-yilda tugʻilgan Meliyev Ibrohim Shavkat oʻgʻli 17-aprel kuni soat 18:00 da Toshkent shahar Sergeli tumani, Qoʻyliq 6 massivi, 4-uy manzili boʻyicha joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan. Toshkent shahar IIBB fuqaroning qidiruvida koʻmak soʻragan.
Belgilari: boʻyi 155-160 sm, sochlari qora, koʻzlari qora, tanasi oʻrtacha, lablari oʻrtacha.
Kiyimlari: qizil futbolka, qora jinsi shim.
Alohida belgilari: 2-guruh nogironi, qoʻltiqtayoq bilan harakatlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring