Toshkentda 120 ta mahalla tubdan rekonstruksiya qilinadi

14:08 18 Yanvar 2022 Jamiyat
1023 0

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oʻzbekiston Prezidentining “2022-2026-yillarda «Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Loyihaga koʻra, 2022-2026-yillarda “Obod mahalla” dasturi asosida Toshkent shahridagi 120 ta mahallada infratuzilmani tubdan yangilash koʻzda tutilgan. Qayd etilishicha, aholi uchun qoʻshimcha qulayliklar va zamonaviy sharoitlar yaratiladi.

Ichimlik suvi taʼminoti, kanalizatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini moliyalashtirish Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi va Moliya vazirligi huzuridagi Yoʻllarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Ijtimoiy va boshqa obyektlarni qurish, taʼmirlash va obodonlashtirish uchun ajratiladigan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamgʻarmalari hisobidan moliyalashtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер